Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-6134-son)
13.01.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Soʻnggi yillarda mamlakatda sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, sud ishlari yuritilishini takomillashtirish, fuqarolar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud tomonidan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, hozirgi kunda sudyalar, sud apparati va sudyalar hamjamiyati organlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning 70 foizidan koʻprogʻi Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab kelinmoqda. Ushbu tartib sudyalar chinakam mustaqilligini taʼminlash borasidagi xalqaro standartlarga mos kelmaydi va zamonaviy talablarga muvofiq sud tizimining mustahkam moddiy-texnik bazasini shakllantirishga imkon bermaydi.
Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish va sudyalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2021-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi, quyi sudlar sudyalari, Odil sudlov akademiyasi va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining ish haqlari va qoʻshimcha toʻlovlari toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda, quyidagi toʻlovlar 2021-yil 1-oktabrga qadar Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, 2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi:
sudlar, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar;
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining malaka darajasi va mansab darajasi uchun qoʻshimcha haq.
2. Sudyalar, sud apparati xodimlari, Sudyalar oliy kengashi, shuningdek, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari 1 — 7-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Moliya vazirligi:
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining 2021-yilga moʻljallangan parametrlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirishlarni kiritsin;
Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda tegishli sudlarning xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvallari tasdiqlanishini va roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-yanvar,
PF-6134-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalari va xodimlarining tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomiMehnatga haq toʻlash razryadlariTarif koeffitsiyentiRais2119,631Rais oʻrinbosari1917,276Sudya1812,211Devon rahbari18-3%Guruh rahbari179,965Matbuot xizmati rahbari, boʻlim boshligʻi166,490Rais yordamchisi, birinchi boʻlim mudiri156,146Katta ekspert, bosh konsultant, bosh mutaxassis145,810Ekspert, katta konsultant, katta mutaxassis, devonxona mudiri135,482
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari va ijro apparati xodimlarining tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlash razryadlari Tarif koeffitsiyenti Kengash raisi 21 19,631 Rais oʻrinbosari 19 17,276 Sudyalar oliy kengashi sudyasi 18 12,211 Kengash kotibi, shuʼba (inspeksiya) rahbari 18+3% Bosh hisobchi, matbuot kotibi 16 6,490 Yetakchi inspektor, birinchi boʻlim mudiri 15 6,146 Arxiv mudiri 14 5,810 Devonxona mudiri 13 5,482
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va xodimlarining tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomiMehnatga haq toʻlash razryadlariTarif koeffitsiyentiRais2119,631Raisning birinchi oʻrinbosari2017,448Rais oʻrinbosari1917,276Sudya1812,211Sud apparati rahbari, Matbuot xizmati rahbari1917,276Departament boshligʻi, rais maslahatchisi, Komplayens nazorat xizmati boshligʻi18 — 3%Boshqarma boshligʻi, Departament boshligʻining oʻrinbosari179,965Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari17-3%Boʻlim boshligʻi, kotibiyat boshligʻi166,490Boʻlim boshligʻining oʻrinbosari16-3%Bosh konsultant, bosh mutaxassis, bosh inspektor (inspektor), bosh yuriskonsult145,810Katta konsultant, katta mutaxassis, arxiv mudiri135,482
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-son Farmoniga 5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar sudyalari hamda xodimlarining tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlash razryadlari Tarif koeffitsiyenti Rais 20 12,600 Rais oʻrinbosari 18 11,493 Sudya 17 10,249 Boʻlim boshligʻi 14 5,810 Devonxona mudiri, bosh konsultant, bosh mutaxassis 12 5,155 Sudya katta yordamchisi, katta konsultant, katta mutaxassis, malaka hayʼati kotibi 11 4,834 Arxiv mudiri 10 4,519
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-son Farmoniga 6-ILOVA
Tumanlararo, tuman, shahar sudlari sudyalari va xodimlarining tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlash razryadlari Tarif koeffitsiyenti Rais 17 10,249 Rais oʻrinbosari 16 10,167 Sudya 15 9,629 Sudya yordamchisi 10 4,519 Devonxona mudiri, arxiv mudiri 9 4,212
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-son Farmoniga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
I. Markaziy apparat Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlash razryadlari Tarif koeffitsiyenti Direktor 19 17,276 Direktor oʻrinbosari 18 12,211 Boʻlim boshligʻi, bosh buxgalter 16 6,490 Bosh mutaxassis, bosh muhandis, bosh inspektor, yuriskonsult 14 5,810 II. Hududiy boʻlimlar Lavozimlar nomi Mehnatga haq toʻlash razryadlari Tarif koeffitsiyenti Hududiy boʻlim boshligʻi 16 6,490 Bosh buxgalter 13 5,482 Bosh muhandis, bosh mutaxassis 12 5,155
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi PF-6134-son Farmoniga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5482-son Farmonida:
3-bandning uchinchi xatboshisi “40 foizi” soʻzlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foizi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-band:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi raislari va ularning oʻrinbosarlari, Oliy sud axborot xizmati rahbari, Sudyalar oliy maktabi direktori va uning oʻrinbosari, Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti direktoriga alohida mehnat sharoitlari uchun ustama toʻlanmaydi”;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi-yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Ushbu Farmonning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
1 — 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3240-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar “40 foizi” soʻzlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foizi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi “40 foiz” soʻzlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foiz)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 1-ilova (Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom)da:
1-banddan “va Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar “40 foizi” soʻzlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foizi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi “40 foiz” soʻzlaridan keyin “(2021-yil 1-oktabrdan boshlab esa — 5 foiz)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Departament va Markaz” soʻzlari “va Departament” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi “qurish” soʻzidan keyin “va (yoki) sotib olish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kuzatuv kengashi tarkibiga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va Departament direktori kiradi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4096-son qarorida:
a) 9-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining ustavi)da:
14-bandda:
oʻn uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishincha oʻn uchinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
42-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
