Amerika Qoʻshma Shtatlarida Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasini ochish toʻgʻrisida (212-son)
10.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida diplomatik munosabatlarni oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 9-fevraldagi Protokolga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 19-fevraldagi 566-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vashington shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasini ochish zarur deb hisoblansin.
2. Elchixonaning 1993-yil uchun shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Elchixona xodimlari sonini 1993-yil uchun 9 kishidan, shulardan diplomatik tarkibdagi xodimlar soni — 5 kishi, texnik tarkibdagi xodimlar soni — 4 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yil uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2-ilova boʻyicha xarajatlar smetasiga muvofiq ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda:
AQSH Davlat departamenti bilan Toshkent va Vashington shaharlaridagi elchixonalar joylashgan binolardan foydalanish uchun ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi masalani hal qilsin;
shtatlar jadvaliga muvofiq Elchixonani xodimlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha taklif kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari xodimlari ish haqining soʻmlarda toʻlanadigan qismini qoplash toʻgʻrisidagi taklifni ishlab chiqsin va kiritsin.
4. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi va “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchixonasi uchun Tashqi ishlar vazirligining talabnomalariga binoan belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslari, jihozlar, asbob-uskunalar hamda transport vositalari ajratsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 10-may,
212-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 10-maydagi 212-son qaroriga 2-ILOVA
AQSHdagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining 1993-yilning 8 oyida mablagʻ bilan taʼminlash uchun
XARAJATLAR SMETASI
