“Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida (2624-2-son)
24.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 24-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2624-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksining 166-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son “Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiruvchi davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 16-oktabrdagi 67-son “Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2624, 2014-yil 10-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 46-son, 553-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-dekabr,
55-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 4-dekabrdagi 55-son buyrugʻiga ILOVA
“Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqda:
a) nomidagi “hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida” degan soʻzlar “hisobot shaklini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni ilovaga muvofiq:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;
davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda taqdim etadilar.”;
v) 3-banddagi “budjetlarining ijrosining asosiy koʻrsatkichlari” degan soʻzlar “faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. 2 — 6, 8 — 13, 15 — 20-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarning shakllarini tasdiqlash va muddatlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 16-oktabrdagi 67-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Davlat maqsadli jamgʻarmasi ____________________________________________ (Jamgʻarmaning nomlanishi) budjeti ijrosi toʻgʻrisida 20___ yil “____” _______________ holatiga koʻra HISOBOT T/r Koʻrsatkichlar Yil boshidan Hisobot davri uchun prognoz ijro prognoz ijro 1. Hisobot davri boshiga qoldiq x x 2. Jami daromadlar jumladan: 3. Jami xarajatlar jumladan: 4. Hisobot davri oxiriga qoldiq x x 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan koʻzda tutilgan maqsadlarga mablagʻlar yoʻnaltirilgan hollarda mazkur Hisobotning 1-ilovasiga muvofiq maʼlumotlar ilova qilinadi. 2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlar mazkur Hisobotning 2-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etiladi. 3. Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga: pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimining budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlari yoyilmasi mazkur Hisobotning 3-ilovasiga muvofiq; tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Hisobotning 4-ilovasiga muvofiq ilova qilinadi. Rahbar ____________________________________ (imzo) Bosh buxgalter/ Boshqarma boshligʻi ___________________________________ (imzo)
Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan koʻzda tutilgan maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha 20__ yil “__” __________ holatiga koʻra MAʼLUMOTLAR ming soʻm T/r Qarorlar nomlari, raqami va sanasi 20__ yil boshidan summasi Jami:
Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha 20__ yil “___” __________ holatiga koʻra MAʼLUMOTLAR ming soʻm T/r Hududlarning nomlanishi 20__ yil boshidan jami Hisobot oyi 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2. Andijon viloyati 3. Buxoro viloyati 4. Jizzax viloyati 5. Qashqadaryo viloyati 6. Navoiy viloyati 7. Namangan viloyati 8. Samarqand viloyati 9. Surxondaryo viloyati 10. Sirdaryo viloyati 11. Toshkent viloyati 12. Fargʻona viloyati 13. Xorazm viloyati 14. Toshkent shahri Jami
Davlat maqsadli jamgʻarmasi budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga 3-ILOVA
Davlat maqsadli jamgʻarmasining pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida 20__ yil “___” __________ holatiga koʻra MAʼLUMOTLAR Jamgʻarma nomi: _____________________________ Oʻlchov birligi: ming soʻm Sh/H va H/R: T/r Koʻrsatkichlar Summa 1. Yil boshiga pul mablagʻlarining qoldigʻi 2. Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar) — jami shu jumladan, tushumlar turlari boʻyicha: respublika budjetidan moliyalashtirish mahalliy budjetdan moliyalashtirish soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va boshqa majburiy toʻlovlardan ajratmalar homiylik yordami asosiy vositalarning sotilishi (chiqib ketishi) … 3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami 4. Hisobot davrining oxiriga pul mablagʻlarining qoldigʻi Xarajatlar yoyilmasi* T/r Toifa Modda va kichik modda Element Xarajatlarning nomlanishi Jami kassa xarajatlari Jami amaldagi xarajatlar 1 0 0 0 Jami I guruh — Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya toʻlovlari va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam … … … … II guruh — Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar … … … … III guruh — Kapital qoʻyilmalar … … … … IV guruh — Boshqa xarajatlar … 42 00 000 Tovar va xizmatlar boʻyicha xarajatlar … … … … … 43 00 000 Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar … … … … … 44 00 000 Foizlar … … … … … 45 00 000 Subsidiyalar … … … … … 46 00 000 Grantlar … … … … … 47 00 000 Ijtimoiy nafaqalar … … … … … 48 00 000 Boshqa xarajatlar … … … … … 49 00 000 Moliyaviy aktivlar va majburiyatlar boʻyicha xarajatlar … … … … * Davlat maqsadli jamgʻarmasining xarajatlari yoyilmasi qonun hujjatlariga asosan iqtisodiy tasnifga muvofiq keltiriladi. Rahbar ______________________________________ (imzo) Bosh buxgalter ______________________________________ (imzo)
Davlat maqsadli jamgʻarmasining pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotga 4-ILOVA
Tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTLAR T/r Shaxsiy hisobvaraq raqami Bank nomi Depozit valyutasi Depozit summasi (ming soʻm) Yillik foiz stavkasi, foizda Depozitni qaytarish muddati Rahbar _______________________________________ (imzo) Bosh buxgalter _____________________________________”. (imzo)
