“289-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-663-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻrganadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish natijalari boʻyicha sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish toʻgʻrisida;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish natijalariga doir ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;
36) 290-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya shikoyatini (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari;
5) tegishli suddan ishni talab qilib olish toʻgʻrisidagi xulosa”;
37) 291-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunchilikka muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan yoxud apellatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
