“29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudloviga tegishli ishlar
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-662-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bogʻliq ishlarni koʻradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo maʼmuriy suddan olib qoʻyishga va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli”;
10) 30-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ish kassatsiya tartibida takroran koʻrib chiqilayotganda hal qiluv qarori, qaror bekor qilinib, uni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrib chiqish uchun yuborilayotganda ishni oʻz ish yurituviga birinchi instansiya sudi sifatida qabul qilishga haqli”;
11) 33-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Yirik investor boʻlmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga taqdim etilishi mumkin.
Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bogʻliq daʼvo arizalari (shikoyatlari), shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan daʼvo arizalari tumanlararo maʼmuriy sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin”;
12) 46-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“Ariza tumanlararo maʼmuriy sudlarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan taqdim etiladi”;
