“2481-modda. Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrib chiqish
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-662-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Ushbu Kodeksning 224-moddasida koʻrsatilgan shaxslar ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest keltirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlariga murojaat qilishga haqli.
Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest kiritish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatida, ushbu muddat tugagan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar oʻtgandan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 244-moddasi birinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest keltirishga haqli.
Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
48) 28-bob chiqarib tashlansin;
49) 268-moddaning ikkinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat” degan soʻzlar “apellatsiya yoki kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-yanvar,
OʻRQ-662-son
