“231-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-662-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻrganadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish natijalari boʻyicha sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish toʻgʻrisida;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida.
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan ajrimning koʻchirma nusxasi kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatda yuboriladi”;
33) 232-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning, protest keltirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
4) ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilgan sud hujjatlari;
5) tegishli suddan ishni talab qilib olish toʻgʻrisidagi xulosa”;
34) 233-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
