“415-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-661-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Kassatsiya shikoyati (protesti) uni sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatini ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan yana bir oyga uzaytirilishi mumkin”;
32) 416-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrayotganida birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ishdagi materiallar boʻyicha tekshiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni oʻrganib chiqish va yangi faktlarni aniqlash huquqiga ega emas”;
33) 417-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
