4075-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-661-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi ushbu Kodeks talablariga rioya etgan holda berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishi shart.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
3) shikoyat (protest) bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
4) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan sud hujjatlari;
5) tegishli suddan ishni talab qilib olish haqidagi xulosa.
