“4051-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-661-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida berilishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi”;
24) 406-moddaning:
birinchi qismi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya protesti protest keltirgan prokuror tomonidan imzolangan boʻlishi kerak”;
25) 407-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Prokurorning ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha kassatsiya protestiga tarafning protest keltirishga asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlarining koʻchirma nusxalari ilova qilinishi kerak”;
ikkinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
26) quyidagi mazmundagi 4071 — 4077-moddalar bilan toʻldirilsin:
