392-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining ishni shikoyat (protest) bilan birga olganidan keyingi harakatlari
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-661-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Zarur hollarda, apellatsiya instansiyasi sudi:
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar (eʼtirozlar) taqdim etishni taklif qiladi. Tushuntirishlar (eʼtirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab koʻchirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar mustasno. Sud tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) koʻchirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi);
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan dalillarni talab qilib oladi.
