384-modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadigan sudlar
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-661-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Quyidagilar:
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi.
