“29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sudloviga tegishli ishlar
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-661-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs ariza beruvchi boʻlgan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek qonun bilan oʻz vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni koʻradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari alohida holatlardan kelib chiqib, har qanday ishni fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida oʻz ish yurituviga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʻtkazishga haqli”;
7) 40-moddaning birinchi qismidagi “shikoyat qilish” degan soʻzlar “shikoyat qilish (protest keltirish)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 50-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasiga koʻra qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha fuqarolik ishining muhokamasida ishtirok etishga haqli. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
9) 138-moddaning yettinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” degan soʻzlar “apellatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 168-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kelishuv bitimi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari bekor qilinishi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi va ish yuritish tugatiladi”;
11) 249-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sudning hal qiluv qarori qonuniy, asoslantirilgan va adolatli boʻlishi kerak. U faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslangan boʻlishi kerak”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
