501-modda. Kassatsiya shikoyatining, protestining mazmuni
Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-664-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Kassatsiya shikoyatida, protestida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan kassatsiya instansiyasi sudining nomi;
2) shikoyat, protest bergan shaxs, uning protsessual holati, yashash joyi yoki turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
3) ustidan shikoyat, protest berilgan hukm, ajrim, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining nomi;
4) shikoyat, protest bergan shaxsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi, ish boʻyicha sudga qadar ish yuritishni amalga oshirish yoki sud muhokamasi chogʻida qaror qabul qilishga taʼsir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligiga doir vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;
5) shikoyat, protest bergan shaxs oʻz talablarini asoslagan dalillar;
6) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;
7) shikoyat, protest berilgan sana va shikoyat, protest bergan shaxsning imzosi.
