Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasi va Davlat budjeti boshqarmasi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (2516-III-son)
24.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boshqarmasi ishiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish boʻyicha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Djaxongir Djabbarovich Shirinov zimmasiga yuklatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasi ishiga rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish boʻyicha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Komiljon Yuldashaliyevich Ernazarov zimmasiga yuklatilsin.
3. Belgilansinki, ushbu Qarorning 1 va 2-bandida nazarda tutilgan vazifalar haq toʻlanadigan faoliyat hisoblanmaydi.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-may,
2516-III-son
