Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatovga “Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (429-IV-son)
21.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatovga “Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-avgust,
429-IV-son
