“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarovga “Import mahsulotlarini bojxona tekshiruvidan oʻtkazish tizimini yanada qulaylashtirish maqsadida hududlarda agentlikning maxsus laboratoriyalarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (430-IV-son)
21.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarovga “Import mahsulotlarini bojxona tekshiruvidan oʻtkazish tizimini yanada qulaylashtirish maqsadida hududlarda agentlikning maxsus laboratoriyalarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror va parlament soʻrovi “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-avgust,
430-IV-son
