Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (431-IV-son)
26.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgarmalari budjetlarining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi tugʻrisida.
2. “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi Uzbekistan Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (uchinchi oʻkish).
3. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-617-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Transport toʻgʻrisida”gi QL-664-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
5. “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi QL-674-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
6. “Shaxsiy tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi QL-675-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
7. “Jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-666-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-avgust,
431-IV-son
