“Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-588-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2869-III-son)
06.11.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Saidov, A. Xamrakulov, A. Yunusova, L. Koshelapova va I. Xodjiyev tomonidan 2019-yil 26-oktabrda kiritilgan “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-588-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-noyabr,
2869-III-son
