“Kambagʻallik darajasini aniqlash mezonlarini, ijtimoiy taʼminotning minimal standartlari va meʼyoriy asoslarini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J. Qoʻchqorovning javobi haqida (461-IV-son)
15.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Kambagʻallik darajasini aniqlash mezonlarini, ijtimoiy taʼminotning minimal standartlari va meʼyoriy asoslarini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J. Qoʻchqorov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi yozma javob maʼlumotida qayd etilgan bandlarning ijro etilishini taʼminlash yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Spiker Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-sentabr,
461-IV-son
