Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Musayevga “Yoshlarning taʼlim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy oʻquv yurtlari talabalariga taʼlim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida (460-IV-son)
15.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Musayevga “Yoshlarning taʼlim olishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy oʻquv yurtlari talabalariga taʼlim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Musayevga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-sentabr,
460-IV-son
