Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M. Nurmuratovning “Mamlakatimizda mikromoliyalashtirish turlari va koʻlamini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga javobi haqida (418-IV-son)
05.08.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Mamlakatimizda mikromoliyalashtirish turlari va koʻlamini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M. Nurmuratov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi (Sh. Nazarov) zimmasiga mikromoliyaviy va nobank kredit tashkilotlarining rivojlanishiga toʻsiq boʻlayotgan omillar va holatlarni joylarga chiqib chuqur oʻrganish hamda Oʻzbekistonda kredit bozorini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-avgust,
418-IV-son
