“Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973-yil 18-may, 1999-yil 26-iyunda qabul qilingan oʻzgartirishlar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni haqida (SQ-205-IV-son)
19.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 4-dekabr kuni qabul qilingan “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973-yil 18-may, 1999-yil 26-iyunda qabul qilingan oʻzgartirishlar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973-yil 18-may, 1999-yil 26-iyunda qabul qilingan oʻzgartirishlar bilan) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 19-dekabr,
SQ-205-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 19-dekabrdagi SQ-205-IV-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
“Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Kioto, 1973-yil 18-may, 1999-yil 26-iyunda qabul qilingan oʻzgartirishlar bilan) qoʻshilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi Vazirlik va idoralardan Vazirlar Mahkamasidan I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Davlat bojxona qoʻmitasi Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. 2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Davlat bojxona qoʻmitasi Makroiqtisodiy tahlil,tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati II. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish 3. Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. 3.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. 3.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Reja-grafik asosida Davlat bojxona qoʻmitasi, OʻzA, MGRK Makroiqtisodiy tahlil,tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 4. OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. 4.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Davlat bojxona qoʻmitasi, OʻzA, MTRK Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 4.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida
