36-modda. Qonunchilik palatasi devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida (434-II-son) · Sana: 12.12.2002 · Amalda
Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlar faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika taʼminotini Qonunchilik palatasi devoni amalga oshiradi.
Qonunchilik palatasi devoni tuzilmasi, shtatlari, xodimlarining mehnat haqi miqdori va moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularning ishlashi uchun zarur xarajatlar Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunchilik palatasi devoni xodimlarining mehnatga oid munosabatlari Qonunchilik palatasining vakolat muddatiga bogʻliq boʻlmaydi.
Qonunchilik palatasi devoni yuridik shaxs hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi devonining tashkil etilishi va faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadigan Nizomda belgilanadi.
