32-modda. Qonunni imzolash va uni eʼlon qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida (434-II-son) · Sana: 12.12.2002 · Amalda
Qonun Senat tomonidan oltmish kun ichida koʻrib chiqiladi va maʼqullangan taqdirda, imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga oʻn kundan kechiktirmay yuboriladi.
Agar Senat qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida u Senatga kelib tushgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida imzolaydi va eʼlon qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.
