25-modda. Fraksiya vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida (434-II-son) · Sana: 12.12.2002 · Amalda
Fraksiya:
1) Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi va mohiyati yuzasidan takliflar hamda fikr-mulohazalar kiritadi;
2) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan har bir masala yuzasidan muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan tarzda soʻz berilishi huquqidan foydalanadi;
3) kelishuv komissiyasi va boshqa komissiyalar tuzish toʻgʻrisida masala qoʻyadi;
4) Qonunchilik palatasi majlisida davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan murojaat etadi;
5) Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilinayotgan masala yuzasidan fraksiyaning fikrini Qonunchilik palatasi deputatlari oʻrtasida tarqatadi;
6) palataning Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari ishida ishtirok etadi;
7) Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan qonun loyihalari, qonunchilik takliflari va boshqa qarorlarning loyihalari yuzasidan oʻz takliflarini kiritadi;
8) hukumat aʼzolarini ularning faoliyati masalalari yuzasidan eshitish toʻgʻrisida masala qoʻyadi;
9) fraksiyaning faoliyati uchun zarur materiallar va hujjatlarni davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslaridan talab qilib oladi;
10) qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
