20-modda. Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida (434-II-son) · Sana: 12.12.2002 · Amalda
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari palata majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganida Qonunchilik palatasi qoʻmitalari yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Qoʻmitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Qoʻmitalarning majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.
