“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 170-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-434-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2173-III-son)
30.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2018-yil 12-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 170-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-434-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-noyabr,
2173-III-son
