“Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻshma aksilterror oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida (2203-III-son)
06.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻshma aksilterror oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-dekabr,
2203-III-son
