“Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻshma aksilterror oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-445-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2202-III-son)
06.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 4-dekabrda kiritilgan “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻshma aksilterror oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-445-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-dekabr,
2202-III-son
