“Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-439b-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2163-III-son)
30.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 26-noyabrda kiritilgan “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnomasiga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi QL-439b-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-noyabr,
2163-III-son
