Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B. Norqobilovning “Respublika hududlarini sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan taʼminlash, bu sohada ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish, teri xom ashyosini tayyorlash (qayta ishlash) borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga javobi haqida (395-IV-son)
22.07.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Respublika hududlarini sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan taʼminlash, bu sohada ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish, teri xom ashyosini tayyorlash (qayta ishlash) borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B. Norqobilov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyul,
395-IV-son
