1993 yil 1 iyuldan boshlab mualliflik, sahnalashtirish va ijrochilik haqlari stavkalari va miqdorlarini oshirish haqida (307-son)
23.06.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ijodkorlik jarayonini ragʻbatlantirish va faollashtirish, qadimgi xalqchil, maʼnaviy-axloqiy anʼanalarni tiklash va yanada rivojlantirish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiluvchi badiiy jihatdan yuksak asarlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika vazirliklari, idoralari, ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlarining Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining kino sohasidagi 1978-yil 8-fevraldagi 68-son qarori va respublika Vazirlar Mahkamasining adabiyot, sanʼat, meʼmorchilik, televideniye, radio va jurnalistika sohasidagi 1992-yil 1-apreldagi 158-son qarori bilan belgilangan mualliflik, sahnalashtirish va ijrochilik haqi roʻyxatining amaldagi stavkalarini 1993-yilning 1-iyulidan boshlab koʻpaytirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Belgilansinki, bundan keyin mualliflik haqlari miqdorlari va fondlari belgilab qoʻyiladigan eng kam ish haqi miqdorlariga mutanosib ravishda oshib boradi.
2. Respublika budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar, idoralar, ijodiy uyushmalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar Moliya vazirligiga joriy yilning 1-iyulidan boshlab 1993-yilning oxirigacha mualliflik haqini oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi hisob-kitoblarni ikki hafta muddatda taqdim etsinlar.
3. Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublika mualliflik huquqini himoya qilish agentligi, Madaniyat ishlar vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, “Oʻzdavkinokompaniya”, Milliy axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq qalam haqlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1978-yil 8-fevraldagi 68-son qarorining mualliflik haqi stavkalari va miqdorlariga tegishli qismi;
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 16-noyabrdagi 428-son qarorining A, B, V, G, D boʻlimlarida va 2-ilovada belgilangan mualliflik haqi stavkalari va miqdorlariga tegishli qismi;
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 1-apreldagi 158-son qarori.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, Fan va madaniyat boʻlimiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 23-iyun,
307-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-iyundagi 307-son qaroriga ILOVA
Mualliflik, sahnalashtirish va ijrochilik haqi
STAVKALARI
1. Badiiy, siyosiy, ilmiy, ishlab chiqarish-texnika, oʻquv va boshqa adabiyotlarni, musiqa va musiqiy-adabiy asarlarni nashr etganlik uchun
Dramatik, musiqali, musiqali-dramatik va adabiy asarlar yaratish boʻyicha buyurtmalarni bajarganlik uchun yoki eʼlon qilinmagan asarlarni birinchi marta xalq oldidi ijro etish huquqi uchun mualliflik haqi STAVKALARI
Kinofilmlarga adabiy ssenariylar yozganlik uchun mualliflik haqi miqdorlari
Filmlarni postanovka qilish haqi MIQDORLARI
Tasviriy sanʼat asarlarini yaratganlik, badiiy loyihalash va konstruksiyalash uchun haq toʻlash STAVKALARI
Haykaltaroshlik asarlarini yaratganlik uchun haq toʻlash STAVKALARI
Televideniye, radio, jurnalistika sohasidagi mualliflik haqi MIQDORLARI
