Faxriy unvonlar uchun gonorarlar va qoʻshimcha haq miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida (274-son)
07.06.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatini saqlash va mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasida taʼsis etilgan faxriy unvonlar nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Faxriy unvonlarga ega boʻlgan kishilarning ish haqi va pensiyalariga har oyda beriladigan gonorarlar hamda qoʻshimcha haq miqdorlari shu yil 1-iyuldan boshlab ilovaga muvofiq belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, gonorarlar va qoʻshimcha haqni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar budjet, Pensiya jamgʻarmasi, shuningdek xoʻjalik hisobidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda yuqorida aytib oʻtilgan gonorarlar va qoʻshimcha haqlarni toʻlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ilgari tugatilgan faxriy unvonlarga haq toʻlash bekor qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-noyabrdagi 536-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 600-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-iyun,
274-son
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 7-iyundagi 274-son qaroriga ILOVA
Faxriy unvonlar uchun gonorarlar va qoʻshimcha haq miqdorlari
