Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining 1395-1400 km va 1410-1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (827-son)
31.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi fondlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-martdagi PQ-4224-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 40,711 mln AQSh dollariga tengligi, shundan:
35,188 mln AQSh dollari Islom taraqqiyot bankining qarzi;
5,523 mln AQSh dollari Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushini, shu jumladan soliq boʻyicha imtiyozlar berish shaklida tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Islom taraqqiyot bankining qarzini qaytarish, shu jumladan, foizlarni toʻlash, vositachilik toʻlovlari va boshqa xarajatlar bilan bogʻliq toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimiga tegishli tartibda qoʻshimcha kelishuvni tuzsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan qarz bitimiga qoʻshimcha kelishuv yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 31-dekabr,
827-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 827-son qaroriga ILOVA
M39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining 1395 — 1400 km va 1410 — 1426 km (21 km) qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKIChLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami* Moliyalashtirish manbasi, jumladan: Islom taraqqiyot banki Oʻzbekiston Respublikasi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh dollari 40 711 35 188 5 523 1.1. Kapital qoʻyilmalar summasi ming AQSh dollari 35 333 33 188 145 shundan: Yer ajratish, ekologiya, loyiha ishlari ming AQSh dollari ekvivalentida 145 145 Qurilish-montaj ishlari** ming AQSh dollari 33 150 33 150 EKV da ming AQSh dollari 33 150 33 150 Boshqa xarajatlar ming AQSh dollari 2 038 2 038 EKV da ming AQSh dollari 2 038 2 038 1.2. Aylanmadan olinadigan soliq (AOS)*** ming AQSh dollari ekvivplentida 55 55 1.3. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSh dollari ekvivplentida 5 323 5 323 2. Rekonstruksiya qilinadigan yoʻl quvvati km 21 3. Moʻljallangan bandlik soni odam - 4. Oʻrtacha qoplanish muddati yil - 5. Investitsiya davri davomiyligi oy 24 6. Qarz mablagʻlarining qoplanish muddati yil 20
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida belgilanadi;
** Nazarda tutilmagan xarajatlar boʻyicha qurilish-montaj ishlarining 10 % miqdori;
*** Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha toʻlovlar manbai hisoblanadi.
