902-modda. Davlat budjetini shakllantirishda budjetdan ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini yetkazish tartibi
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-660-son) · Sana: 30.12.2020 · Amalda
Fiskal strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yili uchun:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlariga va budjet mablagʻlarini oluvchilarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarning cheklangan miqdorlarini;
davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratiladigan transfertlarning cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan kelgusi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari besh ish kuni ichida tegishli budjetlarning budjet soʻrovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining budjet soʻrovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqida qaror qabul qilinganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar hokimliklariga Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar hokimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini olganidan keyin uch ish kuni ichida tegishli budjetlarning budjet soʻrovlarini tuzish hamda ularni taqdim etish muddatlarini belgilash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tegishli budjetlarning budjet soʻrovlarini tuzish va ularni taqdim etish muddatlarini belgilash haqidagi qarorlarni olganidan keyin kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga yetkazadi”;
17) 91-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish:
tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilar boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarining obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi quyidagilarni koʻrib chiqadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha budjet soʻrovlarini;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha umumlashtirilgan budjet soʻrovlarini”;
18) 92-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kelgusi yil uchun budjet soʻrovlari joriy yilning 1-avgustiga qadar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan tegishli moliya organlariga;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — joriy yilning 15-avgustiga qadar kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining prognozi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 20-avgustigacha taqdim etadi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusidagi oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning aniqlashtirilgan prognozlaridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlarining yangilangan prognozi boʻyicha tayyorlangan takliflar asosida quyidagilarga:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning kelgusi moliya yili uchun obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarining cheklangan miqdorlariga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga kelgusi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga;
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga kelgusi moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritadi.
Budjet soʻrovlarini koʻrib chiqish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet soʻrovlari olinganidan keyin bir oy muddatda quyidagilarga bildirishnomalar yuboradi:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — kelgusi moliya yili uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, amalga oshirish uchun asoslar mavjud boʻlmagan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi past boʻlgan, budjet daromadlarining tegishli oʻsishi bilan taʼminlanmagan xarajatlarni kamaytirish toʻgʻrisida, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilar faoliyatining samaradorligi koʻrsatkichlari pasaygan hollarda xarajatlarni maqbullashtirish haqida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga — tegishli budjetlarning va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining daromadlari hamda xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki oshirilgan hollarda mazkur prognozlarga tuzatish kiritish haqida, shuningdek budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, shuningdek birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida.
Bunda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar, shuningdek obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) hamda jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma bildirishnomalarini olganidan keyin uch ish kuni ichida mazkur yozma bildirishnomalarda koʻrsatilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda yangilangan budjet soʻrovlarini taqdim etishi shart”;
19) 93-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “25-iyunidan” degan soʻzlar “25-iyulidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “1-iyulidan” degan soʻzlar “1-avgustidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 94-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan:
daromadlar boʻyicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq inspeksiyalari, hokimliklarning boʻlimlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar boʻyicha — tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan:
daromadlar boʻyicha — Davlat budjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda davlat soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida;
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida;
xarajatlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet soʻrovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar budjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli budjetlarni birinchi navbatda ish haqi hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek kommunal xizmatlar xarajatlarini nazarda tutgan holda shakllantiradi”;
21) 95-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “budjet mablagʻlarini” degan soʻzlar “birinchi darajali budjet mablagʻlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) 96-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjetnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozini;
Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
yangilangan Fiskal strategiyani;
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi daromadlari hamda xarajatlarining loyihasini va kelgusi ikki yil uchun budjet moʻljallarini;
sohalar boʻyicha rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari, vazifalari, sifat va miqdor koʻrsatkichlarini;
davlat qarzining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan qarz mablagʻlarining yillik cheklangan miqdorini”;
23) 99-modda birinchi qismidagi “kuchga kirgandan” degan soʻzlar “rasmiy eʼlon qilingandan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 100-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan budjetlararo transfertlar hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari eʼtiboriga — uch ish kuni ichida;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini ularning eʼtiboriga — uch ish kuni ichida;
davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning eʼtiboriga — oʻn ish kuni ichida yetkazadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlanganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan, Toshkent shahrining shahar budjetidan beriladigan budjetlararo transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari eʼtiboriga — uch ish kuni ichida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar eʼtiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya boʻlimlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar eʼtiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi”;
25) 108-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 118-modda quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Agar qonunchilikda mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan boʻlsa, unda bu turdagi daromad Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga oʻtkaziladi”;
27) 119-modda:
birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan mablagʻlar”;
oltinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga elektron savdo maydonchasida yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushadigan mablagʻlarning miqdorlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
28) 134-moddaning birinchi qismidagi “mablagʻlar” degan soʻz “mablagʻlar, tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 135-moddaning:
ikkinchi qismidagi “asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan soʻzlar “Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) 136-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan soʻzlar “Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31) 137-modda uchinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan soʻzlar “Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
32) 1381-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda” degan soʻzlar “Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi”;
33) quyidagi mazmundagi 1382-modda bilan toʻldirilsin:
