“1901-modda. Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini buzish
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-660-son) · Sana: 30.12.2020 · Amalda
Maʼlumotning ushbu Kodeks 1661-moddasida nazarda tutilgan muddatlar buzilgan holda tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida mavjud emasligi, toʻliq joylashtirilmaganligi va (yoki) joylashtirilmaganligi budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibini buzishdir”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi 279-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 13-aprelda qabul qilingan OʻRQ-404-sonli Qonuni tahrirda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 4, 124-modda) 22-moddasining oltinchi qismidagi “tashkilotlarining” degan soʻz “tashkilotlarining, budjet mablagʻlarini oluvchilarning hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 2-moddasining 2-bandi 2021-yil 1-apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-dekabr,
OʻRQ-660-son
