“2891-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-659-son) · Sana: 30.12.2020 · Amalda
Tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r Tamaki mahsulotlari turlari Soliq stavkalari import qilinganda ishlab chiqariladigan 1. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek 400 000 soʻm/1000 dona + 10 foiz 2021-yil 1-yanvardan: 163 500 soʻm/1000 dona + 9 foiz 2021-yil 1-fevraldan: 172 000 soʻm/1000 dona + 10 foiz 2021-yil 1-oktabrdan: 185 000 soʻm/1000 dona + 10 foiz 2. Sigara 4 700 soʻm/1 dona 3. Chilim uchun tamaki 280 000 soʻm/kg 4. Chekiladigan, oʻrama tamaki 280 000 soʻm/kg 5. Chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan tamaki 280 000 soʻm/kg 6. Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki boʻlgan oʻxshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar 280 000 soʻm/kg 7. Nikotinli tamakisiz snyus 112 000 soʻm/kg 8. Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartridjlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynyerlarda) 500 soʻm/ml
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz soligʻining qatʼiy belgilangan stavkasi natura ifodalangan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qoʻllaniladi, aksiz soligʻining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻshilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi. Tovar importida advalor soliq stavkasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xomashyosi massasiga nisbatan tamaki xomashyosi massasi toʻgʻrisidagi axborotni isteʼmol qadogʻida (idishda) koʻrsatish sharti bilan qoʻllaniladi. Agar chilim uchun tamaki boʻyicha tamaki xomashyosi massasi netto ogʻirligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, u holda aksiz soligʻi netto ogʻirligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tamaki xomashyosining ogʻirligi toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi.
