Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4938-son)
30.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
“2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. 2021-yil 1-fevraldan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari — 434 000 soʻmdan 1 085 000 soʻmgacha etib belgilansin.
2. 2021-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning 3-ilovasida koʻrsatilgan 2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrsin.
4. Belgilansinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:
a) budjet tashkilotlari boʻyicha:
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga — 99,2 foiz;
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga — 0,4 foiz;
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz;
b) boshqa toʻlovchilar boʻyicha:
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga — 98,4 foiz;
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga — 0,8 foiz;
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.
5. Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Quyidagi soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi toʻliq hajmda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetida qoldirilsin:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
qoʻshilgan qiymat soligʻi (mazkur qarorning 4-ilovasida koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno);
foyda soligʻi (mazkur qarorning 4-ilovasida koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻi bundan mustasno).
Bunda, soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq toʻlovchilardan tushumlar (mazkur qarorning 4-ilovasida koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) inobatga olinadi.
Moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari oʻzgarishidan kelib chiqib, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozini tasdiqlangan koʻrsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.
Belgilansinki, 2020-yil 4-chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini oʻtkazish 2021-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2020-yil uchun hisobotlarda aks ettiriladi.
7. 2021-yil uchun oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim miqdori 1 grammiga 1 000 (bir ming) soʻm miqdorida saqlab qolinsin.
8. Belgilansinki, 2021-yilda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan hollarda soliq toʻlovchilarga soliq hisobotlarini taqdim etish muddatlarini besh kundan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirganlik uchun jarima solinmaydi.
9. 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun asosiy fondlarning har yillik, mikrofirma va kichik korxonalar uchun 3 yillik majburiy qayta baholash tartibi bekor qilinsin.
10. 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi oltin, palladiy, kumush va mis boʻyicha 15 foiz miqdorida;
rentabellik darajasidan kelib chiqib “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda soligʻi stavkalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. 2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatining samaradorligi indikatorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi:
mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosini taʼminlasin va monitoringini yuritsin;
hisobot choragi yakuni boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 20 sanasiga qadar mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni shakllantirish hamda keyinchalik Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hisobot berish uchun Moliya vazirligiga kiritsin.
Belgilansinki, mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosini baholash vazirlik va idoralarning Ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi 2022-yil uchun Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda barcha vazirlik va idoralarning budjetlari xarajatlarining samaradorlik indikatorlarini belgilagan holda maqsadli rejalashtirish tizimini joriy qilsin hamda 2022-yil uchun Budjetnomada aks ettirsin.
Rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish maqsadida vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining markaziy apparatlari tuzilmasida belgilangan shtat birliklari doirasida ichki audit xizmatlarini joriy qilsin.
13. Hisob palatasi va Moliya vazirligi mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan samaradorlik indikatorlarining ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Kadastr agentligi, “Oʻzdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelgacha qishloq xoʻjaligi yerlari bor yuridik shaxslar, jumladan dehqon xoʻjaliklariga yerlarni soliqqa tortish uchun normativ qiymatini yetkazsin.
15. Moliya vazirligi:
a) 2021-yil 1-aprelga qadar:
Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlarga joylashtirish tartibini;
Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar asosida yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) 2021-yil 1-iyulga qadar Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarini, shuningdek, ushbu jamgʻarmalar budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish, tasdiqlash hamda taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
16. 2021-yil 1-yanvardan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tugatilsin, jamgʻarma hisobidan ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilmagan qismi hamda jamgʻarmaning joriy yil oxiriga qoldiq mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkazilishi taʼminlansin.
Belgilansinki, 2021-yilda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5978-son Farmoniga 1-ilovada nazarda tutilgan tovarlarni (oq va boshqa shakardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi 2021-yil 31-dekabrga qadar qoʻllanilsin.
22. Moliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida belgilanadigan dasturlarda ishtiroki natijasida 2021-yil 1-yanvardan boshlab olingan bonuslar, mukofotlar koʻrinishidagi pul toʻlovlarining jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
23. Davlat soliq qoʻmitasiga 2021-yilda ajratilgan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmonida koʻzda tutilgan onlayn nazorat-kassa mashinalarining cheklari asosida sovrinli oʻyinlarni 2021-yilda oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga ruxsat berilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2021-yil 1-yanvardan 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
26. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-dekabr,
PQ-4938-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga2-ILOVA
2021-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari
Izoh. Mazkur ilovada koʻrsatilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini tasdiqlash va ularni oʻzgartirish Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga3-ILOVA
2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi
mlrd soʻm T/r Koʻrsatkichlar Summa Jami — daromadlar 147 202,3 1. Bevosita soliqlar 46 845,2 1.1 Foyda soligʻi 27 779,4 1.2 Aylanmadan olinadigan soliq 2 160,0 1.3 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi 16 905,8 2. Bilvosita soliqlar 62 526,7 2.1 Qoʻshilgan qiymat soligʻi 46 955,4 2.2 Aksiz soligʻi 11 820,1 2.3 Bojxona boji 3 751,2 3. Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi 19 426,8 3.1 Mol-mulk soligʻi 2 510,3 3.2 Yer soligʻi 2 941,0 3.3 Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 13 588,2 3.4 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 387,3 4. Boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan boshqa tushumlar 18 403,6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga4-ILOVA
Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga5-ILOVA
“Navoiy kon-togʻ metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-togʻ metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda soligʻi stavkalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga6-ILOVA
2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga7-ILOVA
2021-yil uchun Davlat dasturlari va budjet xarajatlarining maqsadli indikatorlari
T/r Davlat dasturi va indikatorlar nomi Oʻlchov birligi 2021-yil Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mlrd. soʻm 2 151,6 1. Onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda nogironlikning oldini olish Davlat dasturlari mlrd. soʻm 321,3 1.1. Bolalarni vaksinatsiya qilish dasturi mlrd. soʻm 198,6 Immunizatsiya milliy dasturiga asosan 12 turdagi vaksina bilan emlanadigan bolalarning qamrovi foizda 100 Odam papillomasi virusi (NPV) ga qarshi vaksina bilan emlanadigan 9 — 12 yoshdagi oʻsmir qizlarning qamrovi foizda 50 1.2. Neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar oʻtkazish dasturi mlrd. soʻm 27,8 Koxlear implantatlar bilan taʼminlanadigan neyrosensor karlik va (yoki) zaif eshitadigan bolalar miqdori nafar 350 1.3. Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish dasturi mlrd. soʻm 4,4 1000 nafar tirik tugʻilganlarga nisbatan chaqaloqlar oʻlimi koeffitsiyenti promille 9,5 Tugʻma nogironlik bilan tugʻilgan bolalarni sogʻlomlashtirish darajasi foizda 18 1.4. 2017 — 2021-yillarda orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi mlrd. soʻm 14,0 100 ming aholiga nisbatan anemiya bilan kasallanadigan bemorlar miqdori nafar 527 1.5. Kam uchraydigan va boshqa irsiy genetik kasalligi boʻlgan bolalarni tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturi mlrd. soʻm 37,2 1000 nafar tirik tugʻilganlarga nisbatan 5 yoshgacha bolalar oʻlimi koeffitsiyenti promille 12,6 1.6. Bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash dasturi mlrd. soʻm 39,3 Irsiy kasalliklarni erta aniqlash maqsadida neonatal skriningdan oʻtkaziladigan homilador ayollar soni ming nafar 770 Tugʻma nuqsoni erta aniqlash maqsadida ommaviy prenatal skriningdan oʻtkaziladigan homilador ayollar soni ming nafar 780 Tugʻma nuqsonni erta aniqlash maqsadida selektiv prenatal skriningdan oʻtkaziladigan homilador ayollar soni ming nafar 250 2 Ijtimoiy va ogʻir kasalliklarni davolash hamda ularning profilaktikasini amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturlari mlrd. soʻm 579,1 2.1. Aholiga onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish dasturi mlrd. soʻm 61,7 Yomon sifatli oʻsmalarni bemorlarda erta aniqlash qamrovi foizda 98 Onkologik bemorlarni oʻsmaga qarshi dori vositalar bilan taʼminlash darajasi foizda 98 2.2. Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish dasturi mlrd. soʻm 90,9 OIV infeksiyasining 100 ming aholiga nisbatan yangidan yuqish darajasi promille 11,2 OIV infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun dori vositalari bilan taʼminlash darajasi foizda 55 2.3. Nefrologiya va gemodializ yordami koʻrsatish sifatini oshirish dasturi mlrd. soʻm 137,8 Gemodializ muolajasini oʻtkazish uchun sarflov vositalari va tibbiy uskunalari bilan qamrab olish foizda 100,0 Gemodializ muolajasini olayotgan bemorlarni yashash davomiyligini oʻzaytirish yil 9 2.4. Respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʻrsatish sifatini oshirish dasturi mlrd. soʻm 25,8 Qandli diabetining 1 va 2 turi bilan kasallangan bemorlarni odam insulini bilan taʼminlash foizda 100 Qandli diabetining 1 chi turi bilan kasallangan bolalar va oʻsmirlarni analogli insulin bilan taʼminlash foizda 75 2.5. Sil va oʻpkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishiga qarshi kurashish dasturi mlrd. soʻm 24,7 Tuberkulyoz kasalligiga chalingan bemorlarni 2-qator dori vositalar bilan taʼminlash darajasi foizda 30 100 ming aholiga sil kasalligi bilan kasallanish darajasi promille 41 2.6. Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash Davlat dasturi mlrd. soʻm 91,4 Gematologik kasalliklarni davolash uchun zarur boʻlgan dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasi foizda 40 2.7. Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirish dasturi mlrd. soʻm 126,0 Yuqori texnologik birlamchi tashxis qoʻyiladigan va birlamchi induksion terapiyadan oʻtkaziladigan onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bolalar soni nafar 600 Yuqori texnologik birlamchi tashxis qoʻyish va birlamchi induksion terapiya oʻtkaziladigan onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan katta yoshli bemorlar soni nafar 600 2.8. Davlat tibbiyot tashkilotlari hamda respublika aholisini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash dasturi mlrd. soʻm 17,3 Buyrak va jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlash darajasi foizda 100 2.9. “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi dastur mlrd. soʻm 3,6 Respublika boʻyicha qon xizmatini qon va uning komponentlarini yigʻish, saqlash va tashish uchun plastik konteynerlar bilan taʼminlash darajasi foizda 100 3. Yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni davolash boʻyicha Davlat dasturlari mlrd. soʻm 16,6 3.1. Gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan aholi oʻrtasida grippning oldini olish dasturi mlrd. soʻm 2,4 Gripp yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshidan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan, “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlik uylarida yashayotgan shaxslar kontingentini mavsumdan oldin vaqtda emlashdan oʻtkaziladigan bemorlar qamrovi foizda 100 3.2. Yuqumli kasalliklarga, shu jumladan virusli gepatitlarga tashxis qoʻyish, ularning profilaktikasi va ularni davolash usullarini yanada takomillashtirish dasturi mlrd. soʻm 14,2 Aholini oʻtkir virusli gepatit “V” va “S” kasalliklarini erta aniqlash va tashxislash darajasi foizda 10,00 Surunkali gepatit “S” bemorlariga virusga qarshi davolash uchun dori vositalari bilan taʼminlash darajasi foizda 2,5 4. Malakali xorijiy tibbiyot mutaxassislarini jalb etish hamda kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasi va kasb koʻnikmalarini oshirishni samarali tashkil etish dasturi mlrd. soʻm 6,6 Davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va xorijiy tibbiyot mutaxassislarini jalb etish asosida qayta tayyorlash, ularning malakasi va kasb koʻnikmalarini oshiriladigan xodimlar soni nafar 300 5. Sogʻliqni saqlash sohasida axborot tizimlarini yaratish, takomillashtirish va joriy etish, shuningdek, axborot kommunikatsiya va texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish mlrd. soʻm 28,0 6. Tibbiyot muassasalarini taʼmirlash va jihozlash boʻyicha investitsiya dasturi mlrd. soʻm 1 200,0 Yangi quriladigan obyektlar obyekt soni 24 oʻrin (koyka) 1 370 qatnov 1 950 Rekonstruksiya qilinadigan obyektlar obyekt soni 99 oʻrin (koyka) 6 774 qatnov 900 Mukammal taʼmirlanadigan obyektlar obyekt soni 8 Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi mlrd. soʻm 3 313,6 1. Xalq taʼlimida oʻqitish samaradorligini oshirish va kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash va rivojlantirish dasturi mlrd. soʻm 593,9 Ingliz tilini bilish Yevropa Ittifoqi talablari C1-CEFR darajasiga muvofiq bilimga ega boʻlgan ingliz tili oʻqituvchilarning ulushi foizda (jami ingliz tili oʻqituvchilari soniga nisbatan) 10 Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida oliy toifali oʻqituvchilarning ulushi foizda (jamiga nisbatan) 4 Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida birinchi toifali oʻqituvchilarning ulushi foizda (jamiga nisbatan) 15 Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida ikkinchi toifali oʻqituvchilarning ulushi foizda (jamiga nisbatan) 35 Umumtaʼlim maktablaridagi malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli oʻqituvchilarning ulushi foizda (jamiga nisbatan) 39 Umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilar orasida oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilarning ulushi foizda (jamiga nisbatan) 7 2. Sifatli taʼlim olish sharoitlarini yaxshilash mlrd. soʻm 325,6 Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan umumtaʼlim muassasalarining ulushi foizda (jamiga nisbatan) 3 maktab soni 296 shu jumladan: Matematika faniga ixtisoslashgan maktablar dona 113 Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashgan maktablar dona 87 Axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablar dona 96 3. Taʼlimda zamonaviy informatsion texnologiyalarini qoʻllash mlrd. soʻm 98,0 Umumtaʼlim maktablarini keng polosali Internet tarmogʻiga ulash foizda (jamiga nisbatan) 32 4. Xalq taʼlimi sohasida islohotlarga koʻmaklashish dasturi mlrd. soʻm 146,1 Xalq taʼlimi sohasida islohotlarni amalga oshirish boʻyicha loyihalar soni 25 5. Xalq taʼlimi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha investitsiya dasturi mlrd. soʻm 2 150,0 Dars jarayonini tashkil etishning navbatlilik koeffitsiyenti (bino quvvatiga nisbatan smena) 1,2 Kimyo, biologiya va fizika xonalarini maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash darajasi foizda (jamiga nisbatan) 23 Umumtaʼlim maktablarini kompyuter sinflari bilan taʼminlash darajasi foizda (jamiga nisbatan) 63 Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi mlrd. soʻm 5 056,7 1. Suv xoʻjaligi sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish dasturi mlrd. soʻm 254,6 Nasos stansiyalarining eski nasoslarini yangi nasoslarga almashtirish dona 163 foizda (jamiga nisbatan) 3,1 Nasos stansiyalarining eskirgan elektr dvigatellarini yangi elektr dvigatellariga almashtirish dona 219 foizda (jamiga nisbatan) 4,2 Nasos agregatlari va elektr dvigatellar yangisiga almashtirilishi natijasida iqtisod qilinadigan elektr energiyasi mln.kVt.s 13,3 Suv omborlarda va boshqa yirik inshootlarda nazorat-oʻlchash uskunalar hamda xabar berish tizimlarini modernizatsiya qilinadigan, tiklanadigan va yangilanadigan obyektlar dona 5 foizda (jamiga nisbatan) 0,03 Real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun “Smart Water” (“Aqlli suv”) tizimi joriy etiladigan suv xoʻjaligi inshootlari dona 3 099 foizda (jamiga nisbatan) 16,7 Suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish dona 16 foizda (jamiga nisbatan) 16 Meliorativ kuzatuv quduqlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimiga oʻtkazish. Yer osti sizot suvlari sathi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda olish dona 2 435 foizda (jami quduqlarga nisbatan) 8,9 Nasos stansiyalarida elektr energiyasi isteʼmoli va suv miqdorini “onlayn” rejimda monitoring qilish tizimi joriy etiladigan obyektlar dona 426 foizda (jamiga nisbatan) 0,08 2. Qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish dasturi mlrd. soʻm 8,7 Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish uchun yangidan oʻrnatiladigan jihoz va uskunalar (quyosh batareyasi, chastota oʻzgartiruvchi qurilma, kondensator qurilmasi va boshqalar) miqdori dona 241 Oʻrnatiladigan yuqori kuchlanishli kabellar uzunligi metr 19 644 Yangidan oʻrnatiladigan jihozlar va uskunalar hisobiga iqtisod qilinadigan elektr energiya miqdori mln. kvt.soat 17,8 3. Nasos stansiyalarining elektr energiya isteʼmolini tartibga solish dasturi mlrd. soʻm 3 129,2 Nasos stansiyalari tomonidan chiqarib beriladigan suv miqdori mln. m3 57 975 Sugʻorish uchun suv bilan kafolatli taʼminlanadigan maydon miqdori ming gektar 1 971 Jami sugʻoriladigan maydonga nisbatan nasos stansiyalari orqali sugʻoriladigan yer maydonning ulushi foizda 46 4. Paxta xomashyosi yetishtiruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish dasturi mlrd. soʻm 198,9 Tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etiladigan maydon miqdori ming. gektar 24,8 Tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etish hisobiga iqtisod qilinadigan suv miqdori mln. m3 72,1 Tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etish hisobiga iqtisod qilinadigan elektr energiya miqdori mln. kvt.soat 22,26 Qoʻshimcha yetishtiriladigan paxta hosili miqdori ming tonna 30,8 Iqtisod qilinadigan mineral oʻgʻitlari miqdori ming tonna 4,6 Iqtisod qilinadigan yoqilgʻi moylash materiallar miqdori ming tonna 3,3 5. Investitsiya dasturi orqali amalga oshiriladigan davlat dasturlari mlrd.soʻm 1 100,0 Suv bilan taʼminlash darajasi past boʻlgan sugʻoriladigan yer maydonlarini kamaytirish ming. gektar 492 foizda (jamiga nisbatan) 11,4 Irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va beton qoplamali kanallar ulushini oshirish km 326,1 foizda (jamiga nisbatan) 1,15 Mavjud suv omborlar va sel suv omborlar soni va yigʻiladigan suv hajmini oshirish suv omborlari soni 75 yigʻiladigan suv hajmi mlrd.m.3 20,3 Shoʻrlangan yer maydonlarining umumiy sugʻoriladigan maydonlardagi ulushini kamaytirish ming. gektar 1 901 foizda (jamiga nisbatan) 44,2 Qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan sugʻoriladigan yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritiladigan miqdori ming. gektar 41,5 6. Melioratsiya obyektlarini taʼmirlash va tiklash dasturi mlrd. soʻm 365,2 Taʼmirlanadigan va tiklanadigan melioratsiya obyektlari kollektor-drenaj tarmogʻi, km 14 200 jami kollektor-drenaj tarmogʻiga nisbatan foiz 9,6 Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi mlrd. soʻm 4 400,0 1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnologik asbob-uskunalar, texnika va mashina-mexanizmlar xarid qilish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, korxonalarning ishlab chiqarish va sanoat bazalarini modernizatsiya qilish dasturi mlrd. soʻm 1 865,0 Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish km 90 metr 906 Taʼmirlangan 90 km avtomobil yoʻllarida avtotransport vositalarining qulay va xavfsiz harakatlanishi (oʻrtacha sutkasiga) ming dona 9 mingdan 14,8 mingga oshadi Avtotransport vositalarining har bir oʻqiga tushadigan yuk koʻtaruvchanlik qobiliyatining 8 — 10 tonnadan 13 tonnagacha koʻpaytiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining uzunligining koʻpayishi km 90 Avtotransport vositalarining har bir oʻqiga tushadigan yuk koʻtaruvchanlik qobiliyatining 10 tonnagacha boʻlgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining jami umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga nisbatan ulushi foiz 95,0 Avtotransport vositalarining har bir oʻqiga tushadigan yuk koʻtaruvchanlik qobiliyatining 13 tonna boʻlgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining jami umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga nisbatan ulushining koʻpayishi foiz 5,0 Avtotransport vositalarining oʻrtacha harakatlanish tezligining oshishi km/soat 20-30 Avtotransport vositalarining 100 km masofaga nisbatan harakatlanish vaqtining qisqarishi minut 26 Ekspluatatsiya ishlari uchun xarid qilinadigan va ishlab chiqarish quvvatlari yangilanadigan avtotransport vositalari, mashina-mexanizmlari miqdori dona 35 2. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini mukammal va joriy taʼmirlash, ekspluatatsiya qilish hamda tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish dasturi mlrd. soʻm 2 200,0 Mukammal taʼmirlanadigan yoʻl uzunligi km 100 Avtotransport vositalarining qulay va xavfsiz harakatlanishi (oʻrtacha sutkasiga) ming dona 5 mingdan 8 mingga oshirish Joriy taʼmirlanidigan yoʻl uzunligi km 1 500 Avtomobil yoʻllarida oʻrnatiladigan intensiv nur qaytaruvchi yoʻl belgilar miqdori dona 4 800 Harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida avtomobil yoʻllarida oʻrnatiladigan 1-toifadagi yoʻl toʻsiqlar uzunligi km 35 Piyodalar yoʻlakchalarini qurish va taʼmirlash km 180 Yangidan quriladigan va taʼmirlanadigan avtopavilyonlar soni dona 200 Yangidan oʻrnatiladigan va joriy taʼmirlanadigan qordan doimiy himoya qilish inshootlari (qorni ushlash toʻsiqlar) soni dona 1 350 Avtomobil yoʻllari boʻylariga ekiladigan manzarali daraxt, buta va gul koʻchatlar soni dona 436 000 3. Shahar koʻchalari va boshqa yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish, ichki xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, sanoat zonalarining kirish va ichki yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash dasturi mlrd. soʻm 335,0 Quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shahar koʻchalari, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, tumanlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar koʻchalari uzunligi km 65 Quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shahar koʻchalari, ichki va boshqa koʻchalar uzunligi km 22 Quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlash ishlari olib boriladigan erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, kichik industrial iqtisodiy zonalar, erkin iqtisodiy farmatsevtik zonalarga kirish va ichki yoʻllari uzunligi km 32 Namunaviy uy-joy va xizmat uylariga boruvchi quriladigan va taʼmirlanadigan ichki yoʻllarning uzunligi km 11
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-son “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi uchinchi xatboshi “Bunda” soʻzidan keyin “qonun hujjatlariga asosan yuridik xizmat xodimi faoliyat yuritayotgan tashkilotda mazkur qarorda belgilangan miqdordan yuqori ustama belgilangan taqdirda, xuddi shu shakldagi ustama toʻlash yuqori miqdor boʻyicha amalga oshiriladi hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnining 17-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “territorialnix finansovix organov” soʻzlari “territorialnix organov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshining ikkinchi jumlasi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 3-ilovasidan 52-pozitsiya chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3325-son “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori 1-ilovasining rus tilidagi matnining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Sredstva respublikanskogo budjeta Respubliki Uzbekistan, videlyayemie rasporyajeniyami Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PQ-3694-son “Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi PQ-3818-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 2-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 3-bandning beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari” soʻzlari “qonun hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) rus tilidagi matnining 1-ilovasining “2308 00” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) rus tilidagi matnining 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-iyuldagi PQ-3841-son “Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Xavfsiz daryo” DUKga daryo oʻzanlarini tozalash natijasida olingan qum-shagʻal materiallarining har bir kub metri uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlariga shartnoma tuzilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi va respublikaning boshqa hududlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 foiz miqdoridagi toʻlovlar”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PQ-3989-son “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40 foiz — yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan joyning mahalliy budjetiga, shundan (100 foiz deb hisoblanganda) 50 foizi miqdorida yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida foydalaniladi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 26-band quyidagi mazmundagi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“2021-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari, vazirliklar, idoralar va davlat maqsadli jamgʻarmalarining:
xorijiy valyutadagi budjetdan tashqari mablagʻlari hisobi faqat Yagona gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi;
vaqtincha boʻsh turgan xorijiy valyutadagi mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, ularning soʻrovlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan elektron auksion orqali amalga oshiriladi;
tijorat banklari depozitlariga 2021-yilgacha joylashtirilgan xorijiy valyutadagi mablagʻlari depozit muddati tugagandan soʻng, muddat uzaytirilmasdan Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Bunda tijorat banklari depozitlariga kredit resursi sifatida maqsadli joylashtirilgan mablagʻlar mazkur resurs hisobiga berilgan kreditlar soʻndirilgandan soʻng Yagona gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”.
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2020-yil uchun ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari
Izoh. mazkur ilovada koʻrsatilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini tasdiqlash va ularni oʻzgartirish Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-ilovasida:
39-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 391-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 391. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti ”;
52-pozitsiya chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-son “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida:
4-banddagi “Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-bandning uchinchi xatboshidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 1-bandning “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi “qiymati” soʻzidan keyin “bir shartnoma boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari hisobidan amalga oshiriladigan va umumiy qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 2 500 baravaridan ortiq boʻlgan davlat xaridlari boʻyicha tender komissiyalari tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchilari majburiy tartibda kiritiladi”;
b) 4-bandning toʻrtinchi xatboshida “qiymati” degan soʻzdan keyin “bir shartnoma boʻyicha” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning “B” boʻlimida:
1.3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “ajratmalar” degan soʻz “xarajatlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
1.3.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun hujjatlari bilan belgilangan stavkalar boʻyicha mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga ijtimoiy soliq”;
1.5.1.2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori 12-bandining toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandida:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 1-ilovasining 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
20. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “yagona yer soligʻini” degan soʻzlar “qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻini (keyingi oʻrinlarda — yer soligʻi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “dehqon xoʻjaliklari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning oʻn birinchi xatboshi “yuridik shaxs” degan soʻzlardan keyin “shuningdek dehqon xoʻjaliklari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
v) 8-band va 34-bandning birinchi xatboshidagi “yagona yer soligʻini” degan soʻzlar “yer soligʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
nomlanishida, “Tadbirlar” grafasining “5-bosqich”, “6-bosqich” pozitsiyalarida va “Muddatlar” grafasining “7-bosqich” pozitsiyasidagi “yagona yer soligʻini” degan soʻzlar “yer soligʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“8-bosqich” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
21. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-avgustdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining — axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi “bitimlariga” degan soʻzidan keyin “davlat xaridlariga” degan soʻzlari bilan toʻldirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxatida:
15-pozitsiyadagi “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16-pozitsiyadagi “jamoat fondi” degan soʻzlar “davlat maqsadli jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “a” kichik bandidagi “80 foizi” degan soʻzlar “20 foizi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
4-banddan “bank hisobvaraqlariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
25-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
26-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida belgilangan tartibda ochiladigan valyuta hisobvaraqlariga” degan soʻzlar “chet el valyutasidagi Yagona gʻazna hisobvaraqlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi “Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 459-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddan “Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) ilovaning 2-bandida:
“s” kichik bandning:
oʻn birinchi xatboshidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi hisobidan zarur mablagʻlarni talabgor joylashgan hududdagi tuman budjeti” degan soʻzlar “Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi xatboshi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
“x” kichik bandida:
“8-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “2020-2021-yillarda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi” degan soʻzlar “2020-yilda Inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasi, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;
“9-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “talabgor joylashgan hududdagi tuman budjeti” degan soʻzlar “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” degan soʻzlari bilan almashtirilsin;
“10-bosqich” pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“11-bosqich” pozitsiyasining “Bosqich” ustunidagi “11-bosqich” degan soʻzlar “10-bosqich”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalarining 3-pozitsiyasi “Bojxona yigʻimi turi” ustuni “b” kichik bandining birinchi xatboshidagi “koʻzdan kechiruvni” degan soʻzlar “bojxona nazorati ostidagi tovarlarni deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-noyabrdagi “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 718-son qarori 5-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “mahalliy budjetining” degan soʻzlar “hokimligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarini saqlash xarajatlarini oʻz ichiga olgan holda Namangan shahar budjetining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son qaroriga9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining 37-ilovasi 29-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4022-son “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qarori 33-ilovasining 10-bandi “b” kichik bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-oktabrdagi PQ-4470-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori ilovasining 2-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi va 9-ilovasi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi PQ-4406-son “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarorining 14-bandi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-apreldagi PQ-4665-son “Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi va ilovasi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyundagi PQ-4739-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solish va avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 812-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarori.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-son “Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga ilovaning 1-bandi.
