“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi QL-580-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (242-IV-son)
23.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi QL-580-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov
Toshkent sh.,
2020-yil 23-aprel,
242-IV-son
