QL-359, QL-396, QL-397, QL-399, QL-400, QL-415, QL-429 va QL-432-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida (2177-III-son)
30.11.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-mayda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-359-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 24-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-396-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari I. Abdullayev va S. Xalbutayev tomonidan 2018-yil 25-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-397-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 31-iyulda kiritilgan “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-399-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 31-iyulda kiritilgan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-400-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 12-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-415-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 5-oktabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-429-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 6-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-432-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekisto� Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-noyabr,
2177-III-son
