Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (SQ-208-IV-son)
19.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 19-dekabr,
SQ-208-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 19-dekabrdagi SQ-208-IV-sonli Qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
2020-yil 11-dekabrdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda koʻmir bilan taʼminlash holatini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida”gi KQ-160-IV-sonli qaror;
2020-yil 17-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-164-IV-sonli qaror;
2020-yil 17-dekabrdagi “O.A. Usmanovni Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida”gi KQ-165-IV-sonli qaror.
