“Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1365-2-son)
28.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1365-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 3-maydagi 01-02/19-23, 250-V-son “Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1365, 2004-yil 21-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 247-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 8-iyuldagi 01-02/19-10, 12/1-son “Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1365-1, 2013-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 365-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-dekabr,
01-02/15-61-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-dekabr,
27/3-son
