“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2018/2-III-son)
20.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi ikkinchi oʻqishda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-iyulda kiritilgan “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-387-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 13-iyulda kiritilgan “Notariat instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-388-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 19-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-417-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish uchun Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari X. KETMONOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-sentabr,
2018/2-III-son
