“Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-583-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2848-III-son)
29.10.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-583-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-oktabr,
2848-III-son
