12-modda. 2021-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarini shakllantirishning oʻziga xos xususiyatlari
2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-657-son) · Sana: 25.12.2020 · Amalda
Soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan toʻlaydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;
qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga quyidagilar toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻi;
aylanmadan olinadigan soliq;
qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yigʻimlar;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yigʻimlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yigʻimlar va gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan utilizatsiya yigʻimidan tashqari);
avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimlar;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;
