Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida (802-son)
22.12.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali taʼlim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat standartining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari;
maktabgacha taʼlimning namunaviy oʻquv rejasi;
davlat standartini joriy etish hamda unga rioya etilishini nazorat qilish;,
davlat standartining tarkibiy qismlari, jumladan:
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari;
maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplami, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash meʼyorlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-dekabr,
802-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qaroriga1-ILOVA
Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning
DAVLAT STANDARTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standarti (keyingi oʻrinlarda — davlat standarti) davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalarini, prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat standartlarini joriy etish hamda uning talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat standartini amalga oshirishda maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat taʼlim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha taʼlim va tarbiya berish sohasidagi oʻquv-metodik qoʻllanmalarni, metodik tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini loyihalashtirish, qurish, jihozlash va ularning faoliyatini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olinadi.
2. Davlat standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi, “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 391-son, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son, “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qarorlari;
Oʻz DSt 1.0-98. “Oʻzbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”;
Oʻz DSt 1.1-92. “Oʻzbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Oʻzbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartiblari”;
Oʻz DSt 1.5-93. “Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni koʻrib chiqish, tekshirish, oʻzgartirish kiritish va bekor qilish tartibi”;
Oʻz DSt 1157: 2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga boʻlgan talablar;
Oʻz DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
3. Davlat standartini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun majburiydir.
4. Davlat standarti kamida besh yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi.
2-bob. Davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari
5. Davlat standartining maqsadi — maktabgacha taʼlim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, taʼlim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sogʻlom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
6. Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha taʼlimning mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
oʻquv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
taʼlim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻlaqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga boʻlgan sanitariya-gigiyenik talablarni belgilash;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish meʼyorlarini tartibga solish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻyinlar, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini taʼminlash.
3-bob. Davlat standartining asosiy prinsiplari
7. Davlat standartining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
har bir bolaning, shu jumladan, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolaning maktabgacha taʼlim va tarbiya olishga boʻlgan huquqini amalga oshirish imkoniyatining tengligi;
davlat standartining taʼlim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mosligi;
maktabgacha taʼlimning boshqa taʼlim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va taʼlim mazmunining uzviyligi;
maktabgacha taʼlim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
maktabgacha taʼlimning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
xorijiy mamlakatlarning taʼlim sohasida meʼyorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
4-bob. Davlat standartining tarkibiy qismlari
8. Davlat standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari (1-ilova);
Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturi (2-ilova);
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplami, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash meʼyorlari (3-ilova).
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻlaqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishdagi gigiyenik talablar, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qurilish-loyihalash ishlari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan talablar tegishli qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
9. Maktabgacha taʼlimning namunaviy oʻquv rejasi (keyingi oʻrinlarda — namunaviy oʻquv reja) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning nomi, eng kam (minimal) hajmi va ularning yoshi boʻyicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
10. Namunaviy oʻquv reja maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Maktabgacha taʼlimning namunaviy oʻquv
REJASI
Bolalar bilan qisqa muddatli guruhlarda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning taxminiy soni
5-bob. Davlat standartini joriy etish
11. Oʻzbekiston Respublikasida davlat standartini joriy etish, muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Davlat standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. Davlat standarti talablariga rioya etilishini nazorat qilish
13. Davlat standarti talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishning maqsadi — davlat standartida belgilangan talablarni bajarish darajasini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida taʼlim-tarbiya sifatini taʼminlashdan iborat.
14. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida davlat standarti talablariga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan quyidagicha amalga oshiriladi:
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari ijrosi;
maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat oʻquv dasturining bajarilishi;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻlaqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga boʻlgan gigiyenik talablarga rioya etilishi;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurishda idoraviy qurilish meʼyorlariga rioya etilishi;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplami, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan talablariga rioya etilishini tahlil qilish.
15. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki nazorat — davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari hamda maktabgacha taʼlimni boshqarish boʻyicha yuqori turuvchi tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
tashqi nazorat — qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tekshirish vakolatiga ega boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;
jamoatchilik nazorati — mahalla va qishloq fuqarolar yigʻinlarida tashkil etiladigan jamoatchilik komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
milliy va xalqaro darajada baholash — hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar talablari asosida maktabgacha taʼlim boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, jumladan, xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
16. Davlat standarti talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga1-ILOVA
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan
DAVLAT TALABLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari (keyingi oʻrinlarda — davlat talablari) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi oʻrinlarda — bolalar) har tomonlama rivojlantirish, taʼlim-tarbiya berish, maktab taʼlimiga tayyorlash boʻyicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, quyidagi taʼlim tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladi:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud boʻlgan “Mehribonlik” uylari va “Bolalar shaharchalari”.
2. Maktabgacha taʼlim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari, maktabgacha taʼlim turlari boʻyicha pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tashkilotlar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maktabgacha taʼlim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada maʼnaviy meʼyorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini koʻzda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;
rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit taʼsirida roʻy beradigan oʻzgarishlar;
rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yoʻnalishlar;
kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning maʼlum bir tomonlarini oʻz ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yoʻnalishini koʻrsatib beradi;
kutilayotgan natija — bolalarda kutilayotgan bilim, koʻnikma va malakalar koʻrsatkichi;
bola tarbiyasining majmui — maʼlum bir yosh davriga xos boʻlgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli boʻlgan bolaning bilimi, koʻnikmasi va malakasi hamda qadriyatlari;
integratsiya — bola taʼlimi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari oʻrtasidagi bogʻliqlik;
inklyuziv taʼlim — bolalarning alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda taʼlim va tarbiya olinishini teng taʼminlovchi jarayon;
refleksiv faoliyat — bolada oʻz tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni;
“Men” konsepsiyasi — bolaning oʻzi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatining bir qismi.
2-bob. Davlat talablarining maqsadi va asosiy vazifalari
4. Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilgʻor tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim tizimida maʼnaviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalash.
5. Davlat talablarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, taʼlim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida bolalarga taʼlim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
taʼlim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash.
3-bob. Davlat talablarining asosiy prinsiplari
6. Davlat talablari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
bolaning noyobligi;
“Men” konsepsiyasi va shaxsiy taʼlimini yaratishda bolaning faol roli;
bolaning huquqlarini himoya qilish va taʼminlashning muhimligi;
bola taʼlimi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli har bir bolaga moslashuvchan boʻlib, individual variativlik asosida yondashish.
4-bob. Davlat talablarining tarkibi
7. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini nazarda tutadi va bola rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Davlat talablari tugʻilgandan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga boʻlingan. Har bir rivojlanish sohasi oʻz oʻrnida kichik sohalarga boʻlingan boʻlib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish koʻrsatkichlaridan) iborat.
8. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari boʻyicha belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari;
bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
9. “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga boʻlinadi:
yirik motorika;
mayda motorika;
sensomotorika;
sogʻlom turmush tarzi va xavfsizlik.
10. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga boʻlinadi:
“Men” konsepsiyasi;
hissiyotlar va ularni boshqarish;
ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
11. “Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga boʻlinadi:
nutq va til;
oʻqish malakasi;
qoʻl barmoqlari mayda motorikasi.
12. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga boʻlinadi:
intellektual-anglash malakalari;
elementar matematik malakalar;
tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.
13. “Ijodiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga boʻlinadi:
dunyoni badiiy tasavvur etish;
badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
14. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
goʻdaklik (tugʻilgandan 1 yoshgacha);
erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);
oʻrta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);
katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);
maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
15. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan talablar mazkur Davlat talablariga 1-ilovada belgilangan.
16. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan talablar mazkur davlat talablariga 2-ilovada belgilangan.
5-bob. Yakunlovchi qoida
17. Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga1-ILOVA
Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyilayotgan
TALABLAR
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga 2-ILOVA
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyilayotgan
TALABLAR
Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga2-ILOVA
Maktabgacha taʼlim tashkilotining
DAVLAT OʻQUV DASTURI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturi (keyingi oʻrinlarda — davlat oʻquv dasturi) maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsad va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy gʻoyalari, shuningdek, bolaning taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishidagi asosiy kompetensiyalarini belgilab beradi.
2. Davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim tashkilotlarida qoʻllash uchun majburiy hisoblanadi:
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
maktabgacha taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi nodavlat tashkilotlar;
maktabgacha guruhlarga ega boʻlgan “Mehribonlik” uylari va “Bolalar shaharchalari”;
maktabgacha va boshlangʻich taʼlimni nazorat qiluvchi maktabgacha taʼlim boshqaruvi organlari.
3. Davlat oʻquv dasturi variativ oʻquv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Taʼlim tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ oʻquv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
4. Taʼlim tashkiloti davlat oʻquv dasturi asosida oʻzining ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Taʼlim tashkilotining ishchi oʻquv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
2-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim jarayonining maqsadi va asosiy prinsiplari
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim jarayonining maqsadi — bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat.
6. Maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim jarayonining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
bola huquqlari, uning oʻziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatini hisobga olish;
taʼlim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining oʻzaro bogʻliqligi;
bolaning salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash;
oʻyin orqali taʼlim berish va rivojlantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni taʼminlash;
maktabgacha taʼlim tashkilotining oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy anʼanalar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
3-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolaning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va uni amalga oshirish, qoʻshimcha taʼlim xizmatlari, ota-onalar bilan hamkorlik
7. Bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotidagi rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari javobgar boʻladi.
8. Qoʻshimcha taʼlim xizmatlari maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.
Qoʻshimcha taʼlim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda koʻngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
9. Maktabgacha taʼlim tashkilotida alohida ehtiyojga ega boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash va uni amalga oshirish uchun maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari javobgar boʻladi.
Zarurat tugʻilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisoslik mutaxassislarini jalb etgan holda bola (uning rivojlanishi) uchun oʻquv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
10. Bolaning har tomonlama rivojlanishini taʼminlash uchun maktabgacha taʼlim tashkiloti ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha taʼlim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni oʻquv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash.
4-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berishda alohida yondashuv
11. Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berishda alohida yondashuv oʻsib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan, axloqiy meʼyor va qadriyatlarni oʻzlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni nazarda tutadi.
Boshlangʻich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya bolaning bilim, koʻnikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlangʻich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qatʼi nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
5-bob. Maktabgacha yoshdagi bolaning kompetensiyalari
1-§. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
12. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari quyidagilardan iborat:
kommunikativ kompetensiya — muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish koʻnikmasi;
oʻyin kompetensiyasi — bolaning oʻyin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va koʻnikmalardan ijodiy foydalanishi. Oʻquv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi;
ijtimoiy kompetensiya — hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va meʼyorlariga rioya qilgan holda oʻzini tutish mahorati;
bilish kompetensiyasi — atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, koʻnikma, malaka va qadriyatlardan oʻquv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
2-§. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
13. Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari;
bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
3-§. “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari
14. “Jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzining shakllanishi” sohasidagi oʻquv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan soʻng 6-7 yoshli bola:
oʻz imkoniyatlari va yoshi bilan bogʻliq jismoniy rivojlanish meʼyorlariga mos ravishda jismoniy faollik koʻrsatadi;
turli harakatchanlik faolligini uygʻun ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
turli hayotiy va oʻquv vaziyatlarida mayda motorika koʻnikmalaridan foydalanadi;
oʻz harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiyena malakalarini qoʻllaydi;
sogʻlom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
4-§. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari
15. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasidagi oʻquv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan soʻng 6-7 yoshli bola:
oʻz “Men”i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻladi;
oʻz hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
oʻzgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yoʻllarini topadi.
5-§. “Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari
16. “Nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari” sohasidagi oʻquv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan soʻng 6-7 yoshli bola:
nutqni eshitadi va tushunadi;
oʻz nutqida toʻgʻri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;
ikkinchi tilni oʻrganishga qiziqish namoyon qiladi;
ikkinchi tilni egallash boʻyicha dastlabki bilimlarini koʻrsatadi;
badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;
soʻzning lugʻaviy, boʻgʻinli va fonetik tuzilishi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻladi;
turli maʼno shakllarini mustaqil ravishda tuzish va soʻzlab berishni biladi;
yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
6-§. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari
17. Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi oʻquv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan soʻng 6-7 yoshli bola:
bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
oʻquv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
predmetlar, voqealar va koʻrinishlar oʻrtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qoʻllaydi;
makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
atrof muhitdagi voqea-hodisalar va koʻrinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;
atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona va gʻamxoʻr munosabatni namoyon etadi.
7-§. “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari
18. “Ijodkorlik” sohasidagi oʻquv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan soʻng 6-7 yoshli bola:
sanʼat va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;
milliy anʼanalarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi;
sanʼatning muayyan turini afzal koʻrishini mustaqil ravishda ifodalaydi;
olingan bilim va koʻnikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda oʻz ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
insonning dunyoni oʻzgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.
6-bob. Oʻquv-tarbiyaviy faoliyat
19. Oʻquv-tarbiyaviy faoliyat Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻquv va tarbiyaviy faoliyatini oʻquv yillari boʻyicha tashkil qiladi.
Oʻquv yili 2-sentabrda boshlanadi va 31-maygacha davom etadi.
1-iyundan 31-avgustgacha MTTda yozgi sogʻlomlashtirish davri tashkil etiladi.
20. Oʻquv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar oʻyinlari, boʻsh vaqt va oʻquv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi.
Oʻquv-tarbiyaviy faoliyat taʼlim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojlanishiga asoslanuvchi oʻquv rejasiga muvofiq olib boriladi. Oʻquv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofini oʻrab turgan muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi.
Oʻquv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish taʼlim sharoitlariga bogʻliq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.
21. Oʻquv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:
yillik mavzuli (tematik);
haftalik.
Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat oʻquv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari boʻyicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish surʼatini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson oʻtishda yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, oʻyin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.
22. Yillik mavzuli rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti hudud yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda oʻzining yillik mavzuli rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuli reja maktabgacha taʼlim tashkilotining “Pedagogik kengashi”da tasdiqlanadi.
23. Haftalik reja yillik mavzuli rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari boʻyicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashgʻulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yoʻnaltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali oʻtishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli oʻyinlar rejalashtiriladi. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda / katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida oʻtadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida oʻtadigan faoliyat) va uni oʻtkazish joyi (xona ichidagi faoliyat / koʻchadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.
Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan boʻlishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo oʻzgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz koʻproq yoxud kamroq vaqtga moʻljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan boqqa borishni rejalashtirgan boʻlsa-yu, ob-havo juda yomgʻirli boʻlsa, bu tadbirni xonada oʻtkazishning imkoni boʻlgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.
24. Haftalik reja — bu tarbiyachining ish jurnali va mashgʻulotlar ishlanmasidan tashkil topadi. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
titul varagʻi;
guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;
ertalabki badan tarbiya kompleksi;
guruhda sentabrdan avgustgacha boʻlgan taʼlim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;
haftalik ish tahlili;
ilovalar.
25. Mashgʻulotlar konspektlarida maqsad, faoliyatning qisqacha taʼrifi, zarur jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy hususiyatga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy oʻzgartirilishi mumkin.
7-bob. Bolaning rivojlanish sohalari boʻyicha yutuqlari
26. Davlat oʻquv dasturi bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida gʻamxoʻrlik qilish, erkin ijodiy oʻzini oʻzi koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni nazarda tutadi. Rejalashtirish bilan birga bola rivojlanishini kuzatib borish pedagog faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
27. Pedagog bolani va uning oʻzini tutishi sabablarini yaxshiroq tushunish, bola rivojini, uning ichki dunyosini koʻrish, qoʻllab-quvvatlash, rivojlanish yoʻllarini belgilash, ehtiyoj va manfaatlarini aniqlash uchun bola hayotini muntazam kuzatib boradi. Pedagogik kuzatuvlar asosida taʼlim faoliyatini rejalashtirish ishlab chiqiladi va takomillashtirib boriladi.
Bolaning individual rivojlanishini kuzatish uchun Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalar rivojlanishiga oid Davlat talablarida aks ettirilgan sohalar va soha ostilari hamda kutilayotgan natijalar, olingan malaka va koʻnikmalar tahlil qilinadi.
28. Bolaning rivojlanish xaritasi 3 dan 7 yoshgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi, har bir bola uchun individual tarzda yiliga uch marta toʻldiriladi. Maktabgacha taʼlim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi toʻldiriladi (faqat maktabgacha tashkilot bitiruvchilari uchun).
29. Maktabga tayyorlik deganda bolada umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarining shakllanganligi tushuniladi. Bu xarita maktabgacha taʼlim tashkilotining har bir bitiruvchisi uchun toʻldiriladi. Unda Davlat dasturiga muvofiq rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) boʻyicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
30. Tarbiyachiga u yoki bu natija qanday darajada aks etayotganini belgilash taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi (bola kompetensiyalari) umumlashtiriladi va tavsiya hamda takliflar koʻrinishida ota-onalar eʼtiboriga havola etiladi.
8-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish
31. Maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
32. Rivojlantiruvchi muhit mazmuni:
maktabgacha taʼlim tashkilotining koʻrgazmali-rivojlantiruvchi muhiti mazmuni madaniy-tarixiy qadriyatlarga: milliy va mintaqaviy anʼanalar; tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos boʻlishi lozim;
muhit mazmuni birlamchi dunyoqarash asoslarini shakllantirish, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy moslashuviga yordam berishi lozim.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga1-ILOVA
Maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼlim dasturini tuzish boʻyicha
TAVSIYALAR
Maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼlim dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) — Maktabgacha taʼlim tashkiloti davlat oʻquv dasturiga asosan muayyan yosh guruhida tashkil etiladigan taʼlim jarayonini amalga oshirishga xizmat qiluvchi muhim hujjat boʻlib, u qoʻyilgan maqsadlarga erishishni taʼminlashi lozim.
Dastur — muhim vosita boʻlib, uning yordamida tarbiyachilar (mutaxassislar) Oʻzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va taʼlim jarayonini tashkil qilish yoʻllarini belgilaydilar.
Dastur majburiy qism va taʼlim jarayoni ishtirokchilari tomonidan shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. Har ikki qism ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid davlat talablarini amalga oshirish nuqtai nazaridan oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi hamda zarur tarkibiy qism hisoblanadi.
Dasturning majburiy qismi barcha beshta taʼlim sohasi: jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, oʻqish va yozish koʻnikmalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni nazarda tutadi.
Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid davlat talablari asosida bolalar rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda taʼlimning individual pedagogik modelini qanday yaratayotganini koʻrsatib berishi lozim.
Dastur uchta asosiy boʻlimni qamrab oladi:
maqsadli — bu tushuntirish xati hamda dastur oʻzlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini oʻz ichiga oladigan boʻlim;
mazmunli — bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining toʻlaqonli rivojlanishini taʼminlovchi boʻlim;
tashkiliy — bu Dasturning moddiy-texnik taʼminoti taʼrifini, taʼlim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan taʼminlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni oʻz ichiga oluvchi boʻlim.
Dastur maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagogik kengashida muhokama qilinadi va direktor buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Oʻquv dasturining namunaviy tuzilmaviy tarkibiy qismlari:
1. Titul varagʻi
2. Mundarija sahifalar koʻrsatilgan holda Dasturning barcha qismlari, paragraflar, boʻlimlar nomi, adabiyotlar va ilovalar roʻyxati, matnda mavjud boʻlgan barcha sarlavhalarni oʻz ichiga oladi. Ularning taʼrifi ish mazmuniga toʻliq mos kelishi, qisqa, aniq va izchil boʻlishi hamda uning ichki mantiqiy qonuniyatlarini aniq ifodalashi lozim.
3. Maqsadli boʻlim tarkibiga tushuntirish xati kiradi va unda Dastur ishlab chiqilishiga asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, taʼlim jarayonini tashkil qilishning turli shakllari, metodlari va yoʻllari koʻrsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, quyidagilar ham taʼriflanishi lozim:
Dastur boʻyicha taʼlim olayotgan tarbiyalanuvchilarning yoshga oid, ruhiy va individual xususiyatlari;
Dasturning maqsadi;
Dasturning vazifalari;
Dasturni amalga oshirish muddati;
asosiy tamoyillar;
bola shaxsining asosiy tavsiflari.
Dasturning maqsadli yoʻnalishlari taʼrifi maktabgacha taʼlim tashkilotining Davlat oʻquv dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablarining maqsadli yoʻnalishlariga mos kelishi lozim.
4. Mazmunli boʻlimga bola rivojining beshta taʼlim sohasi yoʻnalishlariga mos ravishdagi taʼlim faoliyatining taʼrifi kiradi: taʼlim sohasining vazifalari, taʼlim faoliyatining mazmuni, taʼlim faoliyatining natijalari, mintaqaviy tarkibiy qism (komponent), taʼlim sohasini amalga oshirish boʻyicha taʼlim faoliyatini tashkil qilish shakllari.
Kompleks-mavzuli rejalashtirish (barcha beshta taʼlim sohasini amalga oshirishni hisobga olgan holda).
Mazkur kichik boʻlimning taʼrifi integrativ modelni koʻzda tutadi va u hafta mavzusini faoliyatning turli koʻrinishlarida, shakllarida, taʼlim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan birgalikda ochib beradi. Dasturda ifodalangan kompleks-mavzuli rejalashtirishning tarkibiy qismi jadvallar koʻrinishida taqdim etilishi mumkin. Kompleks-mavzuli rejada Dasturdagi boʻlimlar va mavzularni oʻrganish ketma-ketligi ochib beriladi. Taʼlim faoliyatining taqsimoti, bolalar bilan ishlash shakllari va yakuniy tadbirlar koʻrsatiladi.
5. Tashkiliy boʻlim.
Mazkur boʻlimda kun tartibi, oʻquv yili tuzilmasi, taʼlim faoliyati jadvali (normativ hujjatlarga muvofiq), yoshni hisobga olgan holda rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning taʼlim ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda Dasturni amalga oshirishining turli shakllari, metod va vositalarining qisqacha taʼrifi beriladi. Shuningdek, turli xil faoliyatning oʻziga xos ruhiy-pedagogik xususiyatlari, tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan oʻzaro hamkorlik turlari ifodalanishi mumkin.
6. Dasturni amalga oshirish shartlari:
moddiy-texnik taʼminot;
oʻquv-metodik taʼminot (dasturlar, texnologiyalar, oʻquv qoʻllanmalari, ilmiy-metodik va oʻquv-metodik adabiyotlar, bolalar, ota-onalar uchun moʻljallangan adabiyotlar, internet-resurslar, taʼlimiy CD-disklar, didaktik materiallar, hujjatlar).
7. Foydalanilayotgan adabiyotlar roʻyxati.
8. Dasturga ilovalar, ularda quyidagi materiallar (hujjatlar toʻplami) berilishi mumkin:
mashgʻulotlar ishlanmalari, hordiq, bayramlar ssenariylari va h.k;
tarbiyachi ishining chuqurlashtirilgan yoʻnalishi boʻyicha ish dasturi (rejasi);
oʻyinlar va oʻyinli mashqlar taʼrifi;
pedagoglar va ota-onalar uchun mahorat maktabi ssenariylari;
har bir yosh boʻyicha ilova qilinadigan metodik jild-toʻplamlar;
ota-onalar uchun tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan hamkorlikning turli shakllari ssenariylari (maslahatlar, davra suhbatlari, treninglar, praktikumlar, seminarlar).
Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga2-ILOVA
Bolalar toʻliq kun mobaynida boʻladigan guruhning namunaviy kun tartibi
Izoh. Har bir MTT bolalarning tashkilotda boʻlish soatlari miqdoridan kelib chiqqan holda va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq ravishda oʻz kun tartibini ishlab chiqishi mumkin. Bunda, oʻyin-taʼlim faoliyati kunduzgi uyquni hisobga olgan holda kamida 15% ni, kunduzgi uyquni hisobga olmaganda kamida 38% ni, bolalarning ochiq havoda boʻlishi kamida 38% ni, mustaqil oʻyin faoliyati kamida 24% ni, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiyena koʻnikmalari) kamida 20% ni, ota-onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti toʻgʻrisida xabardor qilish kamida 3% ni tashkil etishi zarur.
Qisqa muddatli guruhlarning namunaviy kun tartibi
Izoh. Oʻyinli taʼlim faoliyati kamida 43%, kommunikativ va mustaqil faoliyat, ochiq havoda boʻlish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish (sanitariya-gigiyena koʻnikmalari) — 49%, ota-onalarni bolalar rivoji taraqqiyoti toʻgʻrisida xabardor qilish — 8% ni tashkil etadi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga3-ILOVA
Yillik mavzuli (tematik) reja
Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga4-ILOVA
Haftalik ish rejasi Oy mavzusi: “Oʻzbekiston — janajon yurtim!”
Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga5-ILOVA
3 dan 7 yoshgacha boʻlgan bolaning rivojlanish
XARITASI
Bolaning rivojlanish xaritasini toʻldirish uchun uch sikldan iborat boʻlgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (oʻquv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Dastlabki kuzatuv oʻquv yili boshida oʻtkaziladi (taxminan sentabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlangʻich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi taʼlim sohalarini oʻzlashtirish boʻyicha mavjud boʻlgan muammolarga ham eʼtibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qoʻllab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari boʻyicha yutuqlari xaritasi toʻldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) oʻtkaziladi. Bu monitoringni oʻtkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning toʻgʻriligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga koʻra tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tugʻilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. Oʻquv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv oʻtkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qoʻyilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan koʻzda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatuv oʻtkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yoʻnaltirilgan boʻladi;
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
tarbiyachi bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga eʼtibor qaratishi lozim.
Oʻquv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan oʻquv dasturi oʻzlashtirilishining sifat darajasi toʻgʻrisida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga toʻxtalib oʻtadi (baʼzi metodikalar oʻzlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli boʻlmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada taʼminlanmagani, bolaning betob boʻlgani va darslarni oʻtkazib yuborgani, ota-onalarning faol boʻlmagani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga moʻljallangan vazifalar belgilanadi.
Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3-marta toʻldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari boʻyicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator “ishlamasa”, pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qoʻyishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya boʻyicha yoʻriqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, taʼlim sohalarini oʻzlashtirishning salbiy tomonlarini aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda taʼlim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. Oʻquv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita boʻyicha yakuniy kuzatuv oʻtkaziladi.
Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga kirguniga qadar umumiy oʻrta taʼlimga bir yillik majburiy tayyorgarlik koʻrishi uchun javobgarlik ularning qonuniy vakillari zimmasiga yuklatiladi.
3 dan 5 yoshgacha boʻlgan bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning familiyasi, ismi ________________________________________________
Tugʻilgan sanasi ________________________________________________
MTTga qabul qilingan sana ________________________________________________
Kuzatuv boshlangan sana ________________________________________________
Kuzatuv boshidagi yoshi _________________________________________________
Kuzatuv yakuni sanasi _________________________________________________
Maktabgacha taʼlim tashkilotining davlat oʻquv dasturiga6-ILOVA
6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi
Izoh. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi bolalarning maktabga tayyorligiga oid mazkur xarita taʼlim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlash, pedagoglarning professional malakasini oshirish, taʼlim jarayoni holati sifatini boshqarish imkonini beradi.
Oʻquv yili yakuniga yetganidan soʻng maktabga tayyorlov guruhi boʻyicha oʻtkazilgan monitoringga asosan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi aniqlanadi, kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari oʻtkaziladi, muammolar, ularni hal qilish yoʻllari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotining keyingi oʻquv yiliga moʻljallangan ustuvor vazifalari belgilanadi, shuningdek, tarbiyalanuvchining maktabga tayyorgarlik holati tavsiya xamda takliflar koʻrinishida ota-onalar eʼtiboriga havola etilgan holda bolaning maktabga tayyorgarlik xaritasining ikkinchi nusxasi ota-onaga reyestr asosida taqdim etiladi.
Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartiga3-ILOVA
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplamlari, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash
MEʼYORLARI
1. Umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʻquv-taʼlim vositalari, didaktik qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, oʻyinlar toʻplamlari, oʻyinchoqlar, mebel, sport anjomlari, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan taʼminlashning eng kam (minimal) roʻyxati
** bitta variant tanlanadi. Tanlashda, materialga eʼtibor beriladi, stol va stul bir xil materialdan tayyorlangan boʻlishi lozim.
2. Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari guruhlarini oʻquv qoʻllanmalar, koʻrgazmali materiallar, oʻyinlar toʻplami, oʻyinchoqlar, mebel, sport anjomlari, jihozlar va boshqa texnik va reabilitatsion vositalar bilan taʼminlashning eng kam (minimal) roʻyxati
1. Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻyinlar toʻplami, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar, boshqa texnik va reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash, shu jumladan, koʻrish, eshitish qobiliyati, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj boʻlgan bolalarning harakatlanish, axborotni idrok etish va qabul qilish vositalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
2. Jihozlar roʻyxati, ularning texnik xususiyatlari va zamonaviy talablarga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (zaruratga koʻra, boshqa vazirliklar va tashkilotlar) tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish ushbu maqsadda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
3. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatida koʻrsatilgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koʻrishida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilariga koʻrishida nuqsonlarini reabilitatsiya va korreksiya qilish uchun:
a) har bir koʻrishida nuqson boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun guruhda tiflopedagog burchagi tashkil etiladi;
b) davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koʻrishida nuqson boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun reabilitatsiya xonalari hududlarda quyidagicha tashkil etiladi:
4. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatida koʻrsatilgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida eshitishida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarga eshitish nuqsonlarini reabilitatsiya va korreksiya qilish uchun:
a) har bir eshitishida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun guruhida surdopedagog burchagi tashkil etiladi;
b) davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida eshitishida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun reabilitatsiya xonalari quyidagicha tashkil etiladi:
5. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatida koʻrsatilgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tayanch-harakat nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarni reabilitatsiya va korreksiya qilish uchun davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti hududida foydalanish uchun harakatlanish vositalari bilan taʼminlanadi va har bir davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida tayanch-harakat apparati nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar reabilitatsiya xonasi tashkil etiladi va meʼyorga muvofiq jihozlar bilan taʼminlanadi.
** bitta variant tanlanadi. Tanlashda materialga eʼtibor beriladi, stol va stul bir xil materialdan tayyorlangan boʻlishi lozim;
*** KIMTT uchun qoʻshimcha taklif etilgan jihozlar roʻyxatiga kiradi.
3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ovqatlanish xonasi, omborxona, kir yuvish va dazmollash xonalarini jihozlash boʻyicha materiallar roʻyxati
** bitta variant tanlanadi. Tanlashda materialga eʼtibor beriladi, stol va stul bir xil materialdan tayyorlangan boʻlishi lozim.
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tibbiyot xonasini jihozlash boʻyicha eng kam (minimal) anjomlar roʻyxati
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qoʻshimcha xona (zal, kabinet, ofis)larini jihozlashning eng kam (minimal) anjomlar roʻyxati
** bitta variant tanlanadi. Tanlashda materialga eʼtibor beriladi, stol va stul bir xil materialdan tayyorlangan boʻlishi lozim.
***** maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ushbu xonalari uchun tavsiya etilgan jihozlar.
6. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻyin maydonchalarining eng kam (minimal) jihozlari roʻyxati
7. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qisqa muddatli guruhlarini jihozlashning eng kam (minimal) roʻyxati
** bitta variant tanlanadi. Tanlashda materialga eʼtibor beriladi, stol va stul bir xil materialdan tayyorlangan boʻlishi lozim.
8. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qoʻshimcha jihozlar bilan taʼminlash roʻyxati
** bitta variant tanlanadi. Tanlashda materialga eʼtibor beriladi, stol va stul bir xil materialdan tayyorlangan boʻlishi lozim.
