“Oʻzbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotaning bekor qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-412-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2078-III-son)
24.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari X.Gapporov, Q.Jumaniyozov, A.Qurbonov, S.Samoylov va I.Xushvaqtov tomonidan 2018-yil 5-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotaning bekor qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL–412-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N.ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-oktabrʼ,
