“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-637-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (206-IV-son)
30.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2020-yil 12-martda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-637-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-mart,
206-IV-son
