Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (1974-III-son)
06.09.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash toʻgʻrisida”gi QL-414-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida.
2. “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi (Rekruting faoliyati toʻgʻrisida) QL-343-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-344-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida.
5. “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
6. “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-383-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
7. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-406-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
8. “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarning qabul qilinganligi va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-409-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
9. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-411-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
10. “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 135-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-413-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida(birinchi oʻqish).
11. “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarning qabul qilinganligi va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutining takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-409-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
12. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-411-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
13. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida.
14. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.
15. “Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-405-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-sentabr,
1974-III-son
